Showroom
FairView Ave, El Monte
California 91732
You have a quotation for us?
leave your message below
or email us at info@autoshop.com
Opening Hour
Monday to Friday 7:00 - 21:00 Saturday 7:00 - 16:00
Phone
(+88) 0172 570051
(+88) 0172 570051

Online shartnomalar tuzish

25.03.2020

?Xurmatli mijozlar!

 

Koronavirus pandemiyasining sog'lig'ingizga va yaqinlaringizning salomatligiga salbiy ta'sirining oldini olish uchun Avtosalon "TOSHKENTDEU" Markazi endilikda avtomobillarni sotib olish uchun on-line shartnoma tuzish imkoniyati haqida xabar beradi.

 

Buning uchun siz bir necha oddiy qadamlarni bajarishingiz kerak:
1. Bizning avtosalon saytimizga kiring http://toshkentdeu.uz/
2. "Online sotib oling" bo'limiga o'ting va kerakli maydonlarni to'ldirib buyurtmani tasdiqlang. Buyurtmani tasdiqlaganingizdan so'ng, bizning xodimimiz elektron shartnoma va to'lov uchun kvitansiyani sizning telegram raqamingizga yuborish uchun siz bilan bog'lanadi.
3. Yoki shunchaki web-sayt orqali shartnoma tuzish istagi haqida Internet-xabarni telefon raqamingiz bilan bizga yuboring, shunda xodimlarimiz shartnoma tuzish uchun darhol siz bilan bog'lanadilar.

 

❗️Eslatma: hozirgi raqamingizni kod bilan yozib qoldirishingiz kerak, aks holda biz siz bilan bog'lana olmaymiz.

 

Mamlakatda epidemiologik vaziyat yaxshilanmaguncha yetkazib berish shartnomalari bo'yicha to'lovlar muddati 7 kundan 21 kalendar kungacha uzaytirildi?.

 Avtomobil uchun to'lovni "MUNIS" to'lov tizimi orqali quyidagi banklarning istalgan birida foizsiz to'lashingiz mumkin?:
1. "Asaka Bank" ATB
2. "Kapitalbank" ATB
3. O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki
4. "Ipoteka banki" ATIB
5. "Mikrokreditbank" ATB
6. "Asia Alliance bank" ATB
7. "Ipak Yo'li" AITB
8. "Trastbank" XAB
9. "Turon Bank" ATB
10. "Hamkorbank" ATB
11. "Universal Bank" ATB
12. "SANOAT QURILISH BANK" ATB

❗️Siz uydan chiqmasdan PayMe, Click, AloqaPay? kabi mobil to'lov tizimlari xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin.

 

‼️Odamlar gavjum joylardan saqlaning, uyda qoling?! O'zingiz va yaqinlaringizga g'amxo'rlik qiling?!

Отправьте нам сообщения

Оставьте свое сообщение в этой форме, мы обязательно ответим!